REGRESS EXECUTOR — sug'urta to'lovlaridan so'ng yuzaga keladigan regress talablarni undirish bo'yicha ixtisoslashgan yuridik tashkilot. Talabnoma yuborishdan sud ijrosigacha — butun jarayonni avtomatlashtirilgan tizim va yuristlar jamoasi orqali olib boramiz.
«REGRESS EXECUTOR» MCHJ — 2024-yil 13-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi hududida Davlat xizmatlari markazi tomonidan belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxs. Tashkilot sug'urta da'volari va regress talablar bo'yicha ixtisoslashgan yuridik xizmatlar ko'rsatadi.
Mijozlarimiz — sug'urta kompaniyalari va boshqaruv servis tashkilotlari uchun debitorlik qarzdorligini aniqlash, hujjatlashtirish, sudga yuborish va undirish jarayonini boshidan oxirigacha o'z zimmamizga olamiz.
Har bir ish alohida ish raqami (ID) bilan yuritiladi va sud ijrosi bosqichigacha kuzatib boriladi.
Fuqarolik va iqtisodiy shartnomalar, shuningdek fuqarolik ishlari va iqtisodiy nizolar bo'yicha ijro ishini yuritish bosqichida nizolarni sudlar orqali hal qilish yuzasidan maslahat beramiz.
Murojaat qilish jarayonida yuzaga keladigan qarzdorlikni, zaruriyat tug'ilgan har bir holatda, doimiy monitoring qilib boramiz.
Debitorlik qarzdorligini undirish uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlarni — dalolatnoma, talabnoma va sud arizalarini — to'liq tayyorlab beramiz.
Debitorlik qarzlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali tegishli sudlarga yuboramiz, bu esa jarayonni sezilarli darajada tezlashtiradi.
Sud qarori chiqqandan so'ng, majburiy tartibda fuqarolarning bank kartalaridan pul mablag'larini ularning roziligisiz (aksepsiz tarzda) yechib olamiz.
Boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga undirilgan pul mablag'larining umumlashtirilgan holati — qaysi kanal orqali qancha undirilgani.
Mamlakatdagi yetakchi sug'urta tashkilotlari bilan regress talablar bo'yicha hamkorlik qilamiz.
Har bir ish belgilangan qonuniy muddatlarga qat'iy rioya qilingan holda, quyidagi ketma-ketlikda yuritiladi.
Mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlar 5 kun ichida ko'rib chiqiladi, nusxalanadi va har bir ishga alohida ID raqam belgilanadi.
Qarzdorga rasmiy ogohlantirish xati (talabnoma) va SMS xabarnoma yuboriladi; unda zarar summasi, to'lov muddati va sudga murojaat qilinishi haqida ogohlantirish ko'rsatiladi.
15 kun ichida to'lov amalga oshmasa, soddalashtirilgan tartibda sud buyrug'ini chiqarish haqida ariza topshiriladi va ijro hujjati olinadi.
Avtomatlashtirilgan tizim orqali undirilmagan mablag'lar bo'yicha MIB xodimlari bilan birgalikda hududma-hudud undiruv olib boriladi.
24 soatlik call-markaz orqali ogohlantirilgandan so'ng, sud qarori asosida fuqarolarning bank kartalaridan qarzdorlik summasi yechib olinadi.
Undirilgan mablag'lar avtomatlashtirilgan to'lov tizimi orqali ijrochining ikkilamchi hisob raqamiga tushadi va belgilangan muddatda (haftalik yoki oylik) buyurtmachi hisobiga o'tkaziladi.
Buyurtmachi va ijrochi o'rtasida tuzilgan yuridik xizmat ko'rsatish shartnomasiga asoslangan holda, ijrochi tomonidan ikkilamchi hisob raqami ochiladi. Undirilgan barcha mablag'lar shu hisobda saqlanib, har haftaning oxirida to'liq holda buyurtmachining hisob raqamiga o'tkaziladi.
Bu — ikki tomon o'rtasidagi ish faoliyatining bardavomligini va shaffofligini ta'minlashga qaratilgan.
«Ko'p xonadonli uylarni boshqarish to'g'risida»gi qonun (07.11.2019, O'RQ-581-son) 16-moddasi, shuningdek Fuqarolik kodeksining 783- va 1024-moddalari undiruv jarayonining huquqiy asosini tashkil etadi.
Autopayment tizimi orqali yechilgan pul mablag'lari elektron hisobga tushadi.
Mablag'lar ijrochining ikkilamchi hisob raqamida saqlanadi va aylanib turadi.
Har haftaning oxirida mablag'lar to'liq holda buyurtmachi hisob raqamiga o'tkaziladi.
Sug'urta kompaniyasi vakilimisiz? Debitorlik qarzdorligi bo'yicha hamkorlik shartlarini muhokama qilish uchun biz bilan bog'laning.